BOSS INTERNATIONAL SCHOOL maktabi Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida joylashgan. Maktab 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, maqsadi zamonaviy va xalqaro darajadagi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdir. Maktab dastlab mahalliy o‘quvchilar uchun innovatsion ta’lim tizimini joriy qilish maqsadida ochilgan bo‘lsa, keyinchalik xalqaro standartlarga muvofiq ta’lim dasturlarini taklif qilish bilan rivojlandi.
Yillar davomida BOSS INTERNATIONAL SCHOOL nafaqat o‘quvchilarga yuqori sifatli ta’lim berishga e’tibor qaratib kelmoqda, balki ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlanishiga ham faol hissa qo‘shmoqda. Maktabning yuksak natijalari va yutuqlari uni viloyatdagi yetakchi ta’lim muassasalaridan biriga aylantirmoqda.
BOSS International School 2023-yil 14-iyunda Davlat ta’lim inspeksiyasi tomonidan litsenziya oldi. Ushbu litsenziya maktabning ta’lim sohasida yuqori sifat va standartlarga mos kelishini, shuningdek, ta’lim faoliyatining qonuniyligini tasdiqlaydi.
O‘quvchilarni dunyoning eng nufuzli, Top-10 oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash va ularga kirishiga ko‘maklashish.









BOSS International School o‘quvchilarini MIT, Harvard, Oxford, Cambridge, Stanford kabi dunyoning eng nufuzli universitetlariga kirishga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu yo‘lda o‘quvchilarimizga IELTS va SAT sertifikatlari hamda portfolio muhim vosita hisoblanadi. Maktabimizda aynan shu yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan ta’lim berilib, har bir o‘quvchining orzular sari yo‘lini ochamiz.
Hozirgi kungacha maktabimizning 7 nafar o‘quvchisi IELTS imtihonini topshirgan. Ulardan 4 nafari 7 ball, 3 nafari esa 6.5 ball natijani qo‘lga kiritgan.
Matematika yo‘nalishida 710, 720 va 760 ball kabi ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Mirzahakimov Abdulaziz matematika bo‘yicha 790 ball to‘plab, yuksak natijaga erishdi.
SAT imtihoni ikkita asosiy bo‘limdan iborat:
Har bir bo‘lim uchun maksimal ball 800, umumiy hisobda 1600 ball yig‘ish mumkin.
IELTS to‘rtta bo‘limdan iborat:
Har bir bo‘lim 9 ballik tizimda baholanadi.
O‘quvchilar kelajakdagi maqsadlariga qarab ixtiyoriy fan tanlaydilar.
Portfolio — o‘quvchilarning nafaqat akademik, balki ijtimoiy hayotdagi yutuqlari, faolligi va tashabbuslarini aks ettiruvchi muhim hujjat to‘plamidir.

Smart TV, konditsioner va ovozli kameralar bilan jihozlangan yorug‘ sinfxonalar.

Boy fond va elektron resurslarga ulanish imkoniyati.

Tezkor internet bilan jihozlangan, IT va dasturlash darslari uchun mos.

Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma.

24/7 kuzatuv kamerasi va professional xavfsizlik xizmati.

O‘quvchilar uchun maxsus tashish xizmati.
Hozirda maktabimizda zamonaviy sport zali va tosh ko‘tarish zali qurilish jarayonida.
Bu tashabbus o‘quvchilarning nafaqat aqliy, balki jismoniy rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.
BOSS International School – bu ta’limning sifatini va o‘quvchilarning rivojlanishini yuqori darajada ta’minlaydigan innovatsion maktabdir.
Farzandingizni BOSS International Schoolga qo‘shishga qaror qilganingizda, siz ularning bilim olish va rivojlanish uchun eng yaxshi sharoitlarni tanlaganingizni bilishingiz mumkin.